AsosiyJamiyat

Samarqandda aholi xonadonlari, hovlilar va ichki ko`chalarda yomg`ir suvlarining toshishi kuzatilmoqda

'Samarqandda aholi xonadonlari, hovlilar va ichki ko`chalarda yomg`ir suvlarining toshishi kuzatilmoqda'ning rasmi

Samarqand viloyatida, xususan, Payariq tumanida ko`p yoqqan yomg`ir sabab yuzaga kelayotgan talofatlarning oldini olish maqasadida favqulodda holatda tezkor choralar ko`rilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

"So`nggi kunlarda yog`ingarchilik ko`p bo`layotganligi sababli aholi xonadonlari, hovlilari va ichki ko`chalarda yomg`ir suvlarining toshishi holatlari kuzatilmoqda.  

Tuman hokimligi, Favqulodda vaziyatlar tuman bo`limi, obodonlashtirish boshqarmasi va tegishli tashkilotlar hamkorligida favqulodda vaziyatlarni oldini olish, mavjud holatlarni bartaraf etish bo`yicha tezkor va zaruriy choralar ko`rilmoqda.

Shu o`rinda hurmatli fuqarolarimizdan ichki ariqlarni doimiy ravishda tozalab turishlarini, suv yo`lida har xil to`siqlar hosil qilmasliklarini va uning suv o`tkazish imkoniyatlarini oshirish bo`yicha amaliy harakat qilishda yordam berishlarini iltimos qilib qolamiz", - deyiladi hokimlik xabarida. 

Eslatib o`tamiz, sal avval Buxoroda yoqqan kuchli yomg`ir ko`chalarni suvga to`ldirayotgani xabar qilingan edi. 

    Boshqa yangiliklar