1

Poliomielitga qarshi kurash: O`zbekistonda 11 kunda 150 ming nafardan ortiq bola emlandi

Salomatlik 29.03.2021, 20:48
Poliomielitga qarshi kurash: O`zbekistonda 11 kunda 150 ming nafardan ortiq bola emlandi

O`zbekistonda 11 kun ichida 150 ming nafardan ortiq bola Poliomielitga qarshi  emlandi. Bu haqda SSV qoshidagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo`lim mudiri Dilorom TURSUNOVA ma`lum qildi.

— Poliomielit kasalligiga qarshi emlash xastalikning oldini olishning eng samarali usulidir. Shu bois, joriy yilning 10 mart sanasidan boshlab o`n bir kun davomida 5 yoshgacha bo`lgan 150 ming nafardan ortiq surxondaryolik bolalar kasallikka qarshi emlandi. Bunda 300 ming doza inaktivlashtirilgan poliomielitga qarshi vaksinasi qo`llanildi.

Shuningdek, kasallikning oldini olish maqsadida hududlardagi tibbiyot sohasi mutaxassislari poliomielit kasalligini tashxislash va aniqlash bo`yicha bilim va malakasi doimiy ravishda orttirib borilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar, albatta, aholi salomatligini saqlash, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1