Joriy yil 28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda (facebook) fuqaro Klara Saxarovaning ukasi 1984 yilda tug`ilgan, sharqshunos olim Kubatin Andrey Viktorovich 2020 yil 13 oktyabr kuni Zangiota tumanida joylashgan Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo`ljallangan maxsus 2-son Zangiota shifoxonasiga yotqizilganligi, shifokorlar tomonidan o`tkazilgan muolajalarga qaramasdan 2020 yil 29 oktyabr kuni vafot etganligi va bu holatda tibbiyot xodimlarining harakatiga baho berish haqida murojaati tarqalgan. Holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilib, 2021 yil 28 yanvar kuni Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent viloyati filiali sud-tibbiyot ekspertizasida komission sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Toshkent viloyati filiali komission ekspertizasining 16-sonli xulosasiga ko`ra, 1984 yilda tug`ilgan A. Kubatin, “COVID-19 infeksiyasi, og`ir kechishi, asorati ikki tomonlama shifoxonadan tashqari interstisial polisegmentar pnevmoniya, nafas etishmovchiligi III-daraja, endogen intoksikasiya, o`pka shishi, o`pka yurak qon tomiri etishmovchiligi 3-darajasi, hamroh gipertoniya kasalligi, semizlik 1-2-darajasi, shuningdek, poliorgan etishmovchilik tufayli vujudga kelgan o`tkir o`pka-yurak etishmovchiligidan vafot etgan.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan o`tkazilgan xizmat tekshiruvi xulosasida, bemor A.Kubatinga nisbatan tashxis to`g`ri qo`yilganligi ko`rsatilgan.
Shu bilan birga, xizmat tekshiruvi hamda ekspertiza xulosalarida, marhum A.Kubatinning o`limiga sabab bo`lgan holatlar ya`ni - ikki tomonlama subtotal, interstisial zotiljam okibatida vujudga kelgan og`ir darajali nafas va yurak kon tomiri etishmovchiligi, to`qimalar og`ir darajadagi gipoksiyasi uning hayotlik davrida 2-son Zangiota maxsus klinika shifokorlari tomonidan aniqlangan bo`lib, tekshiruv va davo muolajalari O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining 2020 yil 20 sentyabrdagi 8-son “Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni profilaktika, diagnostika, davolash va reabilitasiyasi buyicha vaktinchalik milliy metodik tavsiyasi” ga asosan to`g`ri va asosli o`tkazilganligi qayd etilgan.
Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko`ra, tuman prokuraturasi tomonidan 2021 yil 28 fevral kuni jinoyat ishini ko`zg`atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.
Eslatib o`tamiz, o`tgan yil Andrey Kubatinning opasi Klara Saxarova holat yuzasidan sudga murojaat qilgan edi.






