Avvalroq, 2020 yilning oktyabr oylarida kuchli zaxarlanish oqibatida xushini yo`qotgan, keyinchalik joriy yilning 23 martida «Cinar 2 Bakım Merkezi» shifoxonasida vafot etgan «S.N.» o`zbek vatandoshi ekanligi taxmin qilinayotgani haqida xabar bergan edik.
O`zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabariga ko`ra, fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritildi.
Olib borilgan ishlar natijasiga ko`ra fuqaro 1992 yilda Toshkent viloyatida tug`ilgan, O`zbekiston fuqarosi S. M. ekanligi ma`lum bo`ldi.
Joriy yilning 28 martida Bosh konsullik tomonidan jasadni vatanga jo`natish bo`yicha marxumning oila a`zolariga xuquqiy hamda amaliy yordam ko`rsatildi.
"Mazkur fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritishda befarq bo`lmasdan o`zining yordamini ayamagan bloger hamda fidoiy fuqarolarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Fursatda foydalanib marxumning oila a`zolariga O`zbekiston Respublikasining Istanbuldagi Bosh konsulxonasi chuqur taziya bildiradi", - deyilgan konsulxona xabarida,






