Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, fuqaro Q.X. “J” xususiy korxonasining omborxona mudiri vazifasida ishlagan davrida o`zining moddiy javobgarligida bo`lgan jami 1 mlrd so`mlik dori vositalari kamomadiga yo`l qo`yib, korxonaning juda ko`p miqdordagi mulkini talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Q.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






