Marhamat tumani IIB boshlig`i nomiga fuqaro 25 yoshli Nazokat T., ariza bilan murojaat qilib, tanishi 25 yoshli Moxiraxon T., uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish maqsadida uning surati ustiga go`yoki “Nazokat 50 000 so`m evaziga fohishalik bilan shug`ullanadi” degan mazmunda yozuv, telefon raqami ko`rsatilgan suratni “Telegram” ijtimoiy tarmog`ining 1200 nafar obunachisi bo`lgan guruhga joylab, tarqatib yuborishi natijasida uning sha`ni va qadr qimmatini kamsitgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Moxiraxon T., ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “g” bandi (Tuhmat, ya`ni g`arazgo`ylik yoki boshqa past niyatlarda bila turib shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish ) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ayb e`lon qilingan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi tegishli tartibda tuman sudiga yuborilgan.






