AsosiyJamiyat

"Kun tartibidagi masala juda jiddiy". Prezident yig`ilish o`tkazmoqda

'"Kun tartibidagi masala juda jiddiy". Prezident yig`ilish o`tkazmoqda'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev ayni paytda sog`liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish bo`yicha o`tgan yil noyabr oyida qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi yuzasidan videoselektor yig`ilishi o`tkazmoqda. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi. 

O`tgan yili noyabr oyida sog`liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, jumladan, kasalliklarning oldini olish va patronaj xizmati ko`rsatish borasida mutlaqo yangi tizim yaratish bo`yicha Prezidentning farmon va qarorlari qabul qilingan edi.Bugungi videoselektorda ana shu vazifalar ijrosi bo`yicha soha va hudud rahbarlari hisoboti eshitilmoqda.

"Bugungi yig`ilish kun tartibidagi masala juda jiddiy. Biz bundan to`rt yil avval mamlakatda tinchlik va sog`liqni saqlashni islohotlarning eng muhim bo`g`ini etib belgilagan edik. Shu maqsadda o`tgan davrda juda katta ishlar qilindi, oxirgi qabul qilingan farmon va qarorlar ham tizimni tubdan isloh qilishga qaratilgandi. Bugun sohaga mas`ul Bosh vazir o`rinbosari B.Musaev, sog`liqni saqlash vaziri va quyi bo`g`indagi barcha mutasaddilar nima ishlar qilinganini hisobotini berishi kerak",–dedi Shavkat Mirziyoev.

Tanqidiy-tahlil ruhida o`tayotgan yig`ilishda tibbiyotdagi ahvol juda og`ir ekani, soha bo`yicha qabul qilingan farmon va qarorlar bajarilmasdan qog`ozda qolib ketayotgani ta`kidlandi.

"Bu tizimdagi ahvol qanday ekanini yaqqol ko`rsatadi",– dedi davlat rahbari.

Yig`ilishda so`zga chiquvchi rahbarlar uchta masala bo`yicha: joriy etilgan yangi tizim asosida tibbiy xarita shakllantirilgani, aholining xavf guruhlariga bo`lingani nimani ko`rsatganini, ikkinchi– mahallalar kesimida tibbiyot brigadalari shakllantirilib, aholi bilan manzilli ishlash qanday ahvoldaligi va bundan nechta fuqaro minnatdor bo`lganini, uchinchi masala – tibbiyot muassasalarida qaysi xizmat pulli, qaysi bepul bo`lganini javobini aytishi kerakligi aytildi.

Prezident ko`pchilik rahbarlar bu vazifalarni to`liq tushunib etmayotganini, o`tgan 6 oyda Qoraqalpog`iston, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari sog`liqni saqlash boshqarmalari boshliqlari hamda 37 ta tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari ishdan olinganini qayd etdi.

Boshlangan islohotlarni jadallashtirish, tibbiyotdagi o`zgarishlarni aholi ko`proq va tezroq sezishi uchun barcha mutasaddilar aprel oyida va yil yakuni bo`yicha nima ishlar qilishi bo`yicha hisobot berishi aytildi.

Boshqa yangiliklar