Prezident Shavkat Mirziyoev raisligidagi sog`liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish bo`yicha videoselektor yig`ilishida ma`lum qilinishicha, emlash 3 ta bosqichda amalga oshiriladi.
Shu vaqtgacha Hindistondan (yana 2 million doza may-iyun oylarida keltiriladi) 660 ming doza vaksina olib kelindi. Bundan tashqari, Xitoydan 1 million doza sotib olindi. Xitoy va Rossiyadan yana vaksinalar sotib olish bo`yicha shartnomalar tuzilyapti.
Emlash dastlab qariyalar, cog`liqni saqlash xodimlari, OAV vakillarida ko`ngilli tarzda o`tkaziladi.
"Aprel-iyun oylarida xavf guruhiga mansub 4 milliondan ortiq aholini koronavirusga qarshi emlash zarur", - ta`kidlagan davlat rahbari.






