AsosiyJinoyat

Toshkentda “O`yin qurilmasi” ichidagi "o`yin" fosh bo`ldi

'Toshkentda “O`yin qurilmasi” ichidagi "o`yin" fosh bo`ldi'ning rasmi

Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati ma`lumotiga ko`ra  Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazgan tezkor tadbir davomida “Boshpochtamt” bojxona postiga xorijdan yuborilgan, pochta deklarasiyasida “o`yin qurilmasi” deya ko`rsatilgan pochta jo`natmasini qabul qilish uchun kelgan 3 nafar fuqarolar jo`natmani qabul qilib olishganida to`xtatilib tekshirildi.  

Natijada, mazkur jo`natmadagi “o`yin qurilmasi” ichida og`irligi 47,32 gramm sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida jo`natmani qabul qiluvchi shaxs boshqaruvidagi “Lasetti” avtomashinasi ham ko`zdan kechirildi. Natijada, avtomashinada narkotik moddalarni o`lchash, taqsimlash va tarqatishda foydalanilgan 2 dona elektron tarozi, 18 dona izolenta, 2 dona kanselyariya pichog`i, metall choyqoshiq, ko`p miqdordagi polietilen paketchalar va boshqa ashyolar borligi aniqlandi.  

    Boshqa yangiliklar