AsosiySport

Ronaldu ertami-kechmi, katta kinoda rol o`ynashini ta`kidladi

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so`ng o`zini kinoaktyor sifatida sinab ko`rishini aytib o`tdi.

“O`zimni Gollivud filmlarida sinab ko`rishim mumkinmi? Nega endi yo`q? Hozircha bunday vazifani o`z oldimga maqsad qilib qo`ymaganman, ammo, bu borada menga takliflar kelib tushgan. Hozioga hayot tarzim bilan buni uddalash qiyin bo`ladi. Chunki, mashg`ulotlar va o`yinlar juda ko`p. Kelajakda bu menga qiziq bo`ladi.

Menimcha, asosiy rolni ijro eta olmasam kerak. Ikkinchi darajali rolni ijro etish ham qiyin bo`ladi. Aktyorlik mahoratini tajribali aktyorlardan o`rganishim kerak. Bu sohada yuqori natijaga erishish uchun ko`p ishlash talab etiladi.

Futbolchi va aktyor orasida farq juda katta deb o`ylayman. Aktyor – chiroyli va murakkab kasb sanaladi. Umuman olganda esa, ertami-kechmi, katta kinoda rol o`ynashimga ishonaman. Kichik rollarda o`zimni sinab ko`raman. Qolganini keyin ko`ramiz”, - deydi portugaliyalik futbolchi.

Manba: Uff.uz

    Boshqa yangiliklar