AsosiySport

Samarqandda “shaxmat kafesi” o`z faoliyatini boshladi

'Samarqandda “shaxmat kafesi” o`z faoliyatini boshladi'ning rasmi

Ko`hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida “Chess cafe” o`z faoliyatini boshladi. Shaxmat kafesini ochish tashabbusi mahalliy tadbirkor Komiljon Ne`matovdan chiqdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

- “Chess cafe”ni ochish g`oyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi «Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Qarori e`lon qilinganidan keyin tug`ildi. Bu joyda siz shaxmat o`ynashingiz hamda mazali uyg`ur va milliy taomlarni tatib ko`rishingiz mumkin, - dedi tadbirkor Komiljon Ne`matov.

Ma`lum bo`lishicha, mazkur kafe shaxmat ixlosmandlariga mo`ljallangan bo`lib, “Chess cafe”ning intereri sizga uydagi muhitni taqdim etadi. Bu erda siz ishdan keyin miriqib shaxmat o`ynashingiz hamda kechki nonushtaga mazali taomlarni tanovul qilishingiz mumkin.

Shuningdek, ushbu kafeda shaxmat bo`yicha musobaqalarni o`tkazish, shaxmat darslari va turli partiyalarni tahlil qilish uchun maxsus joylar ham ko`zda tutilgan.

Bir so`z bilan aytganda, “Chess cafe”da shaxmat ixlosmandlari aql gimnastikasining sehrli olamiga sayohat qilishlari mumkin!

 

Boshqa yangiliklar