Jizzax viloyati Do`stlik tumanidagi umumta`lim maktabida direktor o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan 35 yoshli H.M. joriy yilning 31 mart kuni soat tonggi 4-30 larda vaqtinchalik ijarada yashab kelayotgan xonadonda turmush o`rtog`ining joniga qasd qildi.
Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzacho`l tuman sudi raisi M.Rayimovning «Xabar.uz»ga ma`lum qilishicha, 1992 yilda tug`ilgan turmush o`rtog`i M.M. ning telegramdagi yozishmalarini o`qib qolishi va o`rtalarida kelib chiqqan o`zaro janjal ushbu mudhish hodisaga sabab bo`ladi.
Janjal oqibatida H.M. yashash xonadoni mehmonxonasida o`tkir tig`li oshxona pichog`i bilan M.M. ning chap bo`yin sohasiga ikki marotaba urib, uni qasddan o`ldirgan.
Holat yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasining birlamchi xulosasiga ko`ra, M.M.ning o`limiga «bo`yin sohasida sanchilib-kesilgan tan jarohatidan ko`p qon ketishi» sabab bo`lganligi ko`rsatilgan.
Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzacho`l tuman sudi tomonidan ayblanuvchi H.M. ga nisbatan «qamoq olish» ehtiyot chorasi qo`llanilgan.






