AsosiyJamiyat

Jazoni ijro etish muassasalari xodimlari ham bodikamera bilan ta`minlanadi — Prezident farmoni

'Jazoni ijro etish muassasalari xodimlari ham bodikamera bilan ta`minlanadi — Prezident farmoni'ning rasmi

Prezident “Jamoat xavfsizligini ta`minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonni imzoladi.

Farmonga asosan:

▫️xodimlar personal videoregistrator (bodikamera) bilan xizmatni o`tash tartibi tatbiq etiladi;

▫️mahkumlarning jazoni o`tash tartibini buzish holatlarini aniqlash maqsadida kuzatish va mustaqil nazorat qilish imkoniyatiga ega intellektual kameralar («Smart») tizimi muassasalarga o`rnatiladi;

▫️taqiqlangan buyumlarni olib kirish holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida muassasalarning nazorat o`tish joylarida bodiskanerlar o`rnatiladi;

▫️jazoni o`tash jarayonida mahkumning xulq-atvori va shaxsi haqidagi «axborot portreti»ni tuzish va ozodlikka chiqishidan 2 oy oldin yashash joyi bo`yicha hududiy ichki ishlar organlariga xabar berish imkoniyatini beruvchi yagona elektron tizim yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar