Sirdaryo viloyatida fuqarolarga qulay shartlar asosida avtokreditlar berishni va`da qilgan MChJning kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.S., N.J. va boshqalar oldindan til biriktirib, firibgarlik yo`li bilan o`zgalar mulkini qo`lga kiritish va noqonuniy daromad orttirish maqsadida, “Y.N.” MChJni tashkil etib, Guliston shahrida ijaraga olingan binoda mijozlarga xizmat ko`rsatuvchi ofis sifatida foydalanib, fuqarolarni foizlari yuqori bo`lmagan va qulay shartlar asosida qisqa muddatda avtokredit ajratib berishga qiziqtirib, 34 nafar fuqaroning jami 425,8 mln so`m pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, o`zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






