AsosiyJamiyat

"Gapga usta, Shum bolaning o`zi. Kitoblarni "eb yuborgan". O`zbekiston tumanidan 8-sinf o`quvchisi "Yosh kitobxon" tanlovi g`olibi bo`ldi

'"Gapga usta, Shum bolaning o`zi. Kitoblarni "eb yuborgan". O`zbekiston tumanidan 8-sinf o`quvchisi "Yosh kitobxon" tanlovi g`olibi bo`ldi'ning rasmi

Bugun "Yosh kitobxon" tanlovining yakuniy respublika bosqichi bo`lib o`tdi va unda O`zbekiston tumanidan Muhammadfozil Ismoilov oliy o`rinni egalladi. Bu haqda Isroil Tillaboyev xabar qoldirdi. 

"Ushbu o`quvchi bilan ko`p gaplashganman, juda samimiy, gapga usta, Shum bolaning o`zi, deysiz gaplaridan, 8-sinf emas, katta yoshlilardek tafakkur qiladigan, yoshligidan kitoblarni "eb yuborgan" ekan. Istalgan kitob haqida soatlab gapirar edi, tez o`qish dasturimizga final tugagach kelishni orzulagan edi, mana endi u birato`la "Spark" avtomobilida keladigan bo`ldi

Yana bir xayratlanarli tomoni, Muhammadfozilning akasi ham tanlovda kattalar bo`yicha viloyatda chempion bo`lib Respublika bosqichiga chiqqan, tasavvur qilyapsizmi, ikki aka-uka Respublikada butun viloyat sharafini ximoya qilgan!!!

Bunday ilmli, solih yigitlarni tarbiyalab olib chiqqan, tarix fani o`qituvchisi onalari Mukammalxon opa bir o`zi ham ota ham ona vazifasini bajarib kelgan, Muhammadfozil bir yoshidan boshlab!"- deya izoh qoldirgan .

Vozmojno, eto izobrajenie (1 chelovek)

    Boshqa yangiliklar