Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkentda katta boks kechasi bo`lib o`tmoqda. Kechada "Darakchi" muxbiri ishtirok etmoqda.
Shu vaqtgacha o`tkazgan 6 ta professional jangining birontasida ham mag`lub bo`lmagan Isroil Madrimov Kongolik raqibi Emmanuel Kolombo bilan ringga ko`tarildi. Ular o`rtasidagi jang 10 raundga mo`ljallangandi va oxirigacha davom etdi. Natijaga ko`ra,ochkolar hisobiga hamyurtimiz 6-g`alabani qo`lga kiritdi.