Sinoptiklarning xabariga ko`ra, 4 aprelda kunduz kuni O`zbekiston hududiga Eron hududidan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi. Respublika bo`yicha yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. 💨G`arbiy shamol 17-22 m/s gacha esishi mumkin. Havo harorati 11-16° iliqdan yuqori bo`lmaydi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 12-17° iliqgacha isiydi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Tog` oldi tog`li hududlarda sel kelishi xavfi bor. Shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-8° iliqni tashkil etadi.






