AsosiyJamiyat

Uyidan chiqib ketib, bedarak yo`qolgan 14 yoshli samaraqandlik bola topishda ko`mak bering

'Uyidan chiqib ketib, bedarak yo`qolgan 14 yoshli samaraqandlik bola topishda ko`mak bering'ning rasmi

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko`ra,  Nurobod tumani, “Ulus” MFYda yashab kelgan, 2006 yil 24 mayda tug`ilgan Jumaev Shaxram Ilxomovich, 2021 yil 20 fevral kuni soat taxminan 15:00lar atrofida yashash uyidan noma`lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo`qolgan.

Alohida belgilari: Bo`yi taxminan 150-155sm. atrofida, sochlari qora, qoshi qora rangda qalin, ko`zlari qora, yuzlari yumaloq, o`rtacha gavdali, tishlari tabiiy, labi cho`zinchoq.

Egnida bo`lgan kiyimlari: boshida qora rangli bosh kiyim, ko`k-qora rangli choponi, oyog`ida qora rangli kovushi bo`lgan.

Jumaev Shaxramni ko`rganlar yoki u haqida ma`lumotga ega bo`lganlar +998901002121, +998662311111, 102, +998662319805 raqamlariga qo`ng`iroq qilishlari so`ralmoqda.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar