Joriy yil 19 mart kuni soat 14:00 larda, Pop tumani Maydamillat-Navbahor yo`lining 1 km.da, GAZ-53 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lning o`ng chetida ketayotgan 2003 yilda tug`ilgan piyodani urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Natijada, piyoda bosh miya yopiq shikasti, o`ng elka suyagining sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.