AsosiyJamiyat

Adib va jurnalist Yorqul Umarov vafot etdi

'Adib va jurnalist Yorqul Umarov vafot etdi'ning rasmi

O`zbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlari ijodiy uyushmalari a`zosi, Navoiy viloyati jurnalistikasi rivojiga munosib hissa qo`shgan adib va jurnalist UMAROV YoRQUL TOShQULOVICh 71 yoshida olamdan o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi xabar berdi. 

Yo.Umarov 1950 yil Navoiy viloyatining Navbahor tumanida tug`ilgan.

Ajoyib ustoz Toshkent davlat universiteti (hozirgi O`zMU)ni jurnalistika fakultetini tamomlab, dastlabki ish faoliyatini O`zbekiston televidenie va radioeshittirishlar davlat qo`mitasining qozoq tahririyatida boshlagan.

Yorqul Umarov uzoq yillar respublika, Buxoro va Navoiy viloyati radiokanallarida samarali faoliyat olib borgan.

 

    Boshqa yangiliklar