Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte Evro-2016 musobaqasidan so`ng “Chelsi” klubini o`z boshqaruviga oladi.
Manbaning ta`kidlashicha, 46 yoshli mutaxassis London klubi bilan og`zaki kelishuvga erishgan. Italiyalik murabbiy shartnomasi mavsum yakunida yakuniga etadigan Gus Xiddink o`rnini egallashi kutilmoqda.
Ta`kidlash kerakki, Konte bundan avval “Yuventus” jamoasini boshqargan va uch marotaba Italiya chempioni bo`lgan.
Avvalroq, “nafaqaxo`rlar”ni Massimiliano Allegri va Diego Simeone boshqarishi mumkinligi xabar qilingandi.
Manba: uff.uz





