Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Buloqboshi tumani hududidagi dalalardan birida gaz yonayotganligi to`g`risidagi xabarlar tarqalgan edi.
Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan o`rganish ishlari olib bordi.
Buloqboshi tumani “Chaqar” MFY hududidagi dala maydonida 7 oy oldin yangi neft qudug`i topilgani ma`lum bo`ldi. Hozirgi kunga kelib, ushbu quduqdan neft olib bo`lingan va u erda tegishli xizmatlarning nazorati ostida reja asosida sinov jarayonlari olib borilmoqda. Xususan, mazkur jarayonda erosti qudug`idan chiqayotgan turli chiqindilar, suv aralash gaz miqdori tekshirilib, sof tabiiy gaz olish ishlari davom etmoqda.
Ma`lumot uchun, ushbu gaz qudug`i dalada, aholi yashash punktidan 3 km. uzoqlikda joylashgan.
Holat tegishli idoralar tomonidan to`liq nazoratga olingan.






