AsosiyJamiyat

Jizzaxda bolakayni «Forza» urib, bir necha metrga uloqtirib yubordi (video)

'Jizzaxda bolakayni «Forza» urib, bir necha metrga uloqtirib yubordi (video)'ning rasmi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida 30 mart, chorshanba kuni «Forza» voyaga etmagan bolani urib yubordi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Voqea soat 14:55 atrofida tuman hududidan o`tgan 4E-34 avtomobil yo`lining 19-kilometrida sodir bo`lgan. Zomin–Jizzax yo`nalishida harakatlanib kelayotgan «Forza» piyodalar yo`lagidan kesib o`tayotgan voyaga etmagan piyodani urib yuborgan. Oqibatda u og`ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, haydovchiga nisbatan chora ko`rilib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar