DXX organlari 2020 yilda to`rtta teraktning oldini oldi, deb xabar berdi O`zA DXX matbuot xizmati ma`lumotiga ko`ra. Ularning ikkitasi O`zbekistonda, ikkitasi MDH mamlakatlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi, deyiladi xabarda.
DXX ma`lumotlariga ko`ra, o`tgan yili 67 ta yashirin guruhlar faoliyatiga chek qo`yildi. Bundan tashqari, ekstremizm va terrorizmga aloqadorlikda ayblanib, xorijda yashirinib yurgan 98 nafar O`zbekiston fuqarosi mamlakatga olib kelindi hamda javobgarlikka tortildi.
747 kg dan ortiq giyohvand moddalar, 251 ming dona psixotrop tabletkalar, 594 dona qurol, 4781 dona o`q-dori va 24,4 kg portlovchi moddalar noqonuniy muomaladan olindi, ta`kidlandi xabarda.
Shuningdek 540 dan ortiq korrupsiya bilan bog`liq holatlarga chek qo`yildi. Byudjet va kredit mablag`larining talon-taroj qilinishi hamda maqsadsiz ishlatilishi bilan bog`liq holatlar aniqlanib, 557 mlrd so`m davlat foydasiga undirildi.






