1

Bag`dodda sohta “g`aznaxonasi” fosh etildi

Jinoyat 05.04.2021, 13:40
Bag`dodda sohta “g`aznaxonasi” fosh etildi

Bag`dod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan 36 yoshli Murod M.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi (Qalbaki pullar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.  Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Bag`dod tumani IIB JQB xodimlari tomonidan 2021 yil 01 aprel kuni o`tkazilgan tezkor-tadbirda Murod M., shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga 2 700 000 so`m evaziga 99 dona 100.000 so`mlik kupyuradan iborat jami 9 900 000 so`m qiymatiga teng soxta pullarni sotgan vaqtida ushlangan.

Tergov harakatlari davomida, Murod M.,ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilib, soxta pullarni tayyorlashda foydalanilgan bir dona “Lenovo” rusumli noutbuk va “NR” rusumli rangli printer hamda 5 000 so`mlik kupyuradagi 200 dona jami 1 000 000 so`m soxta pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1