AsosiyJamiyat

Bu hafta O`zbekistonda harorat 32 darajagacha ko`tariladi — "O`zgidromet"

'Bu hafta O`zbekistonda harorat 32 darajagacha ko`tariladi — "O`zgidromet"'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati haftalik ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Unga ko`ra, bugun O`zbekiston hududi bo`yicha havoning o`zgarib turishi, yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Kunning o`rtasiga kelib, markaziy va sharqiy hududlarda havo 15-17° iliqgacha, shimoliy va janubiy hududlarda 20-25° iliqgacha isiydi.
6 aprelda respublikaning shimoliy hududlariga Eron hududlaridan iliq va quruq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 18-20° iliqgacha isiydi va me`yoriy qiymatlarga yaqinlashadi.
7-9 aprelda iliq havo massalari O`zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Asosan kam bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Markaziy, sharqiy hududlarda kunduzgi havo harorati 23-26° iliqgacha, shimolda va janubda 27-32° iliqgacha asta-sekin ko`tariladi, bu o`rtacha ko`p yillik qiymatlardan 2-3° ga ko`pdir.
5-9 aprelda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida 1600 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. 
EHTIYoT BO`LING!

    Boshqa yangiliklar