AsosiyJamiyat

Toshkent – Namangan – Toshkent yo`nalishida muntazam aviqatnovlar qayta tiklandi

'Toshkent – Namangan – Toshkent yo`nalishida muntazam aviqatnovlar qayta tiklandi'ning rasmi

Bugun, 5 aprel sanasidan e`tiboran “Uzbekistan airways” aviakompaniyasi Toshkent – Namangan – Toshkent yo`nalishida muntazam qatnovlarni qayta tikladi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Erta tongda “Namangan xalqaro aeroporti” MChJga Toshkent – Namangan yo`nalishida parvozni amalga oshirgan  Airbus A-320 rusumli havo kemasi kelib qo`ndi. Ushbu reys orqali 51 nafar hamyurtimiz o`z manziliga etkazildi.  

Mazkur yo`nalishda parvozlar haftada ikki marotaba dushanba va payshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi.  

HY 095 Toshkent – Namangan 08:30/09:30

HY 096 Namangan – Toshkent 10:30/11:30

Ma`lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00

 

 

    Boshqa yangiliklar