“Chelsi” klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino katta ehtimol bilan mavsum yakunida “Manchester Yunayted” jamoasi ustoziga aylanadi.
Shu sababdan, 53 yoshli tajribali mutaxassis Manchester shahrida o`ziga uy topib qo`ydi va yaqin orada u erga ko`chib o`tadi. Portugaliyalik murabbiy “qizil iblislar” bosh murabbiyi Lui van Gal o`rnini egallashi kutilmoqda.
So`nggi paytlarda “Manchester Yunayted” muxlislari va jamoa rahbariyati gollandiyalik murabbiyning olib borayotgan ishidan norozilik bildirgan.
Shuning uchun, uni ishdan bo`shatishmoqchi.
Ma`lumot o`rnida, Lui van Gal boshqaruvidagi “MYu” Angliya chempionati 26-turidan so`ng 41 ochko to`plagan holda turnir jadvalining 5-pog`onasini egallab turibdi.





