AsosiyJamiyat

Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan yurtdoshimiz O`zbekistonga olib kelindi

'Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan yurtdoshimiz O`zbekistonga olib kelindi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining turli hududlarida uzoq vaqtlardan buyon vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib kelgan va so`nggi oylarda pasportini yo`qotib, odam savdosi qurboniga aylanib qiyin vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz I.K O`zbekistonga qaytarildi, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi.

Ma`lum qilinishicha, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi tomonidan I.Kni O`zbekistonga qaytarish bilan bog`liq  barcha tashkiliy tadbirlar amalga oshirilib, mamlakatimizning Moskvadagi elchixonasi tomonidan huquqiy yordam ko`rsatilgach, u Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Andijon viloyati filiali ko`magida Moskva-Farg`ona charter reysi orqali Vatanga etib keldi.

Boshqa yangiliklar