Toshkent shahri Yunusobod tumanida 41 yoshli erkak A.B. 3-sonli Ichki ishlar boshqarmasiga 1 aprel kuni keltirilganidan so`ng ertasi kuni o`lik holda topildi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 1 aprel kuni soat 21:00 atrofida muqaddam to`rt marotaba sudlangan A.B. va yana ikki nafar erkak muqaddam sudlanganlar 42 yoshli L.D. va 51 yoshli L.A. bilan so`rov olib borish uchun tumanning 3-sonli Ichki ishlar boshqarmasiga keltirilgan. Qayd etilishicha, ular o`rtacha 45 daqiqa davom etgan so`rovdan so`ng qo`yib yuborilgan.
Shundan so`ng, 2 aprel, juma kuni ertalab soat 4:00–4:30 atrofida 30-uyning oldida B. A.ning murdasi topilgan. O`lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Respublika ilmiy-amaliy sud-tibbiyot markazi hududiy filiali tomonidan berilgan birlamchi ma`lumotga ko`ra, marhumning bir nechta kasalliklari borligi aniqlangan. Xususan, unda yurak ishemik kasalligi, gematogen sil, poliorgan etishmovchiligi, ikki tomonolama o`pka plevriti, bosh miya va o`pka shishishi, surunkali gepatit, giyohvandlik, alkogoldan zaharlanish mavjud bo`lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.






