AsosiyJamiyat

Kimlarga farzandlarini navbatsiz bog`chaga joylash imtiyozi berilgan?

'Kimlarga farzandlarini navbatsiz bog`chaga joylash imtiyozi berilgan?'ning rasmi

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Davlat xizmatlari agentligi Axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova fuqarolardan kelgan dolzarb savollarga javob qaytardi.

Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamentini tasdiqlash to`g`risida” 244-son qaroriga asosan:

  • ko`p bolali oilalarning bolalari;
  • harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari;
  • talabalar va pedagoglarning bolalari;
  • etim bolalar yoki ota-ona qarovisiz qolgan bolalar;
  • boshqa muassasalardan o`tkazilgan bolalar;
  • akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo`lgan bolalarga imtiyoz belgilangan.

2 oy oldin olgan ERI kalitini yo`qotib qo`ydim. Markaz xodimlari kalitni fleshkaga qayta tashlab bera olishadimi?

 Buning imkoni yo`q. Axborot xavfsizligini ta`minlash maqsadida avval taqdim etilgan elektron raqamli imzo kalitlari  markaz xodimlarida saqlanmaydi.

Xizmat safari bilan Toshkent shahridaman. Samarqand shahrida doimiy ro`yxatda turaman. Nikohdan o`tish uchun ariza bergan edim. Hozir Toshkentda tibbiy ko`rikdan o`tsam bo`ladimi?

2021 yil 1 iyundan boshlab, fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro`yxatdan o`tgan joyidan qat`i nazar nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi.  

Asos - “Aholi va tadbirkorlik sub`ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to`siqlarni qisqartirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Farmoni

Men Toshkent viloyati, Parkent tumanida bog`dorchilik-uzumchilik shirkati tashkil qilimoqchiman. Ro`yxatdan o`tkazish uchun qaysi organga murojaat qilish lozim?

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Bog`dorchilik-uzumchilik shirkatlari to`g`risidagi nizomga asosan bog`dorchilik-uzumchilik shirkatini davlat ro`yxatidan o`tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, tuman hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.

2021 yil 1 iyundan boshlab esa, bog`dorchilik-uzumchilik shirkatlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar