AsosiyJamiyat

«Hukumat soati» to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatiladi

'«Hukumat soati» to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatiladi'ning rasmi

Ertaga, 6 aprel kuni soat 15:00 da Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi «Hukumat soati» bo`lib o`tadi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ma`lum qildi.

Unda xalq vakillari «Mamalakatimizda umumiy foydalanishdagi va xalqaro toifadagi avtomobil yo`llarining bugungi kundagi holati hamda zamonaviy avtomobil yo`llarini loyihalashtirish va qurish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risida»gi masalani muhokama qiladi.  

 Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlarning savollariga O`zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov javob beradi.

Mazkur tadbir YouTube videoxostingi orqali to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatiladi.

    Boshqa yangiliklar