AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonga iliq va quruq havo massalarining kirib kelishi boshlanadi

'Bugun O`zbekistonga iliq va quruq havo massalarining kirib kelishi boshlanadi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston hududiga iliq va quruq havo massalarining kirib kelishi boshlanadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-20° iliqgacha isiydi.

Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Biroz shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 17-19° iliqni tashkil etadi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 7-12° iliqni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar