AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 50 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi. Ular byudjet pullarini "egan"

'Toshkent viloyatida 50 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi. Ular byudjet pullarini "egan"'ning rasmi

Bu haqda Senat Raisi Tanzila Narbaeva Toshkent viloyati hokimligida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida ma`lum qildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.  

"2020 yil 6 oktyabr kuni o`tkazilgan sayyor yig`ilishda belgilangan vazifalar ham tizimli ravishda bajarilmoqda. Byudjetga jami 445 mlrd. so`m, shundan mahalliy byudjetga 244 mlrd. so`m qo`shimcha daromad manbaalari aniqlanib, 83,2 mlrd. so`m qo`shimcha soliqlar hisoblanishi ta`minlanadi. Mahalliylashtirish bo`yicha 7 ta istiqbolsiz loyihalar 14 ta yangi loyihalar bilan almashtirildi.

Shuningdek, Senat qarori bilan viloyatda ijrosi ta`minlanmagan umumiy qiymati 294,4 mlrd. so`mlik 12 ta loyiha ishga tushirilishiga erishildi. Mahalliy byudjetdan maqsadli va samarali foydalanishda qonunbuzarlikka yo`l qo`ygan 50 nafar mansabdor javobgarlikka tortilib, ular tomonidan etkazilgan 1 mlrd. so`mlik zarar undirildi. Byudjetga esa 22 mlrd. so`m miqdoridagi soliqlar to`lanishiga erishildi", - degan Senat raisi o`z nutqida. 


 

 

    Boshqa yangiliklar