SSV xabariga ko‘ra, 2021 yil 5 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83935 (+133) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 3 nafari Andijon viloyatida,
- 1 nafari Buxoro viloyatida,
- 4 nafari Navoiy viloyatida,
- 2 nafari Namangan viloyatida,
- 16 nafari Samarqand viloyatida,
- 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 3 nafari Xorazm viloyatida,
- 3 nafari Toshkent viloyatida,
- 93 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 5 nafar,
- Jizzax viloyatida 4 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
- Toshkent viloyatida 4 nafar,
- Toshkent shahrida 104 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 81881 (+118) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 632 nafarga etdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1422 nafar bemordan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.






