AsosiyJamiyat

Namangandagi YTHdan so`ng 3 kun o`tib haydovchi vafot etdi

'Namangandagi YTHdan so`ng 3 kun o`tib haydovchi vafot etdi'ning rasmi

Joriy yil 1 aprel kuni soat 14:00 larda, uychi tumani Pungon-Namangan-Andijon yo`lining 93-km.da "VAZ-2101" rusumli avtomashinani ishonch qog`ozi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lning o`ng chetiga chiqib ketib, boshqaruvni yo`qotib, yo`l chetidagi ariqqa tushib ketgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Natijada, avtomashina haydovchisi qo`shma shikast, bosh miya lat eyishi tashxisi bilan og`ir tan jarohati olib, RShTYoIM Namangan filialiga yotqizilib, ko`rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, shu yil 4 aprel kuni vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar