Bo`shaydigan lavozimlar to`g`risidagi ma`lumotlar vacancy.argos.uz portaliga joylanadi, deya xabar bermoqda Xalq ta`limi vazirligi.
Samarkand viloyatida 56 nafar tuman va shahar xalq ta`limi bo`limlari boshqaruv xodimilarining baholash jarayoni yakunlandi. Baholash natijasida 29 nafar (51,8 %) xodim sinovdan o`ta olmadi.
Eslatib o`tamiz, mehnat shartnomasi bekor qilingan boshqaruv lavozimlari bo`yicha ma`lumotlar vacancy.argos.uz veb-saytiga joylanadi (https://vacancy.argos.uz/). Mazkur lavozimlarga mos keluvchi fuqarolar talabgor sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Navbatdagi baholash jarayoni Navoiy viloyatida o`tkazildi.






