AsosiyJamiyat

Endi Toshkentning jamoat transporti haydovchilariga bosib o`tgan masofasiga qarab haq to`lash amaliyoti joriy qilinadi

'Endi Toshkentning jamoat transporti haydovchilariga bosib o`tgan masofasiga qarab haq to`lash amaliyoti joriy qilinadi'ning rasmi

“Toshshahartransxizmat” AJ bo`limi boshlig`i Shahboz G`ofurovning so`zlariga ko`ra, yaqin kunlarda poytaxt jamoat transporti haydovchilari tushum rejasidan ozod qilinib, ularga bosib o`tgan har bir kilometriga qarab haq to`lash amaliyoti joriy etiladi.

Kompaniya vakili bunga ayrim haydovchilar tushum rejasini bajarish uchun qoidaga zid ravishda antennani o`chirib qo`yishi yoki o`rnatilgan GPS-trekerning modifikasiyasini o`zgartirishi kabi holatlar uchrayotganini sabab qilib ko`rsatgan.

Ta`kidlanishicha, ishlab chiqilgan loyihaga ko`ra kelajakda haydovchilar yo`lkira uchun pul yig`ishdan ozod qilinadi, ular faqat reyslar harakati jadvali va intervaliga rioya qilishlari lozim bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar