Ushbu savolga O`zbekistonda ZF-UZ-VAC2001 vaksina sinovlari jarayonlari haqida axborot berib turuvchi kanal javob berdi:
"Koronavirusga qarshi emlangan shaxslar patronaj tibbiyot xodimlari tomonidan emlangandan so`ng 30 daqiqa davomida kuzatib turiladi, keyinchalik 3 kun davomida uyiga tashrif buyurish yo`li bilan muntazam surishtirib boriladi, ularning sog`lig`i, ahvoli ko`zdan kechirilib, 64/x hujjati bilan rasmiylashtiriladi.
Barcha emlash maskanlarida emlash bo`yicha mutaxassislar asbob-anjomlar va birinchi tibbiy yordam uchun zarur bo`lgan dori-darmonlar bilan ta`minlangan. Barcha emlash mutaxassislari emlashdan keyingi salbiy reaksiyalarni boshqarish bo`yicha tegishli tayyorgarlikdan o`tgan. COVID-19 ga qarshi emlanish bilan bog`liq allergik reaksiya kuzatilgan hollarda tez tibbiy yordam brigadalari jalb etiladi"






