AsosiyJamiyat

Rossiya Federasiyasida ishlamoqchi bo`lgan o`zbekistonliklarga qanday talablar qo`yilgan?

'Rossiya Federasiyasida ishlamoqchi bo`lgan o`zbekistonliklarga qanday talablar qo`yilgan?'ning rasmi

Rossiya ish beruvchi tashkilotlari vakillari ishtirokida tashkil etilayotgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o`tish uchun kasbiy malaka bilan birgalikda rus tilini ham bilish talab etiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.

Unda aytilishicha, buning uchun respublikaning barcha hududlarida tashkil etilgan o`quv markazlarda rus tilini o`rganish imkoniyati mavjud. Ushbu kurslarda rus tilini o`rganish bepul.

O`qishni muvaffaqiyatli yakunlaganlar patent uchun Rossiya tarixi va qonunchiligi hamda rus tili bo`yicha imtihon topshirib sertifikatga ega bo`lish imkoniyatini qo`lga kiritadi.

Boshqa yangiliklar