AsosiyJinoyat

Toshkentda avia-operatorlar chiptalar sotuvidan tushgan katta mablag`ni kirim qilmay, "eb yuborishdi"

'Toshkentda avia-operatorlar chiptalar sotuvidan tushgan katta mablag`ni kirim qilmay, "eb yuborishdi"'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E-E.” MChJning moddiy javobgar shaxslari bo`lgan avia-operatorlari aviachiptalar sotuvidan tushgan 771,2 mln so`m va 58,7 ming AQSh dollarini kirim qilmasdan talon-toroj qilishib, jamiyat manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan MChJning moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar