1

Farg`onadagi “Xizr Buva” ziyoratgohi ziyoratchilarining pullarini "o`marayotgan" ayol qo`lga tushdi

Jinoyat 06.04.2021, 17:10
Farg`onadagi “Xizr Buva” ziyoratgohi ziyoratchilarining pullarini "o`marayotgan" ayol qo`lga tushdi

Farg`ona viloyati, Rishton tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan “Xizr Buva” ziyoratgohida kissavurlik sodir qilib yurgan shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlar olib borilmoqda. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2021 yilning 2 aprel kuni soat 11:30 larda noma`lum shaxs Rishton tumani Bo`ston MFY.,da joylashgan “Xizr Buva” ziyoratgohida bo`la turib, ziyorat uchun kelgan fuqarolar 54 yoshli Mavluda U., ning kiyimi cho`ntagidan 600.000 so`m va 41 yoshli Sohibaxon Sh., ning sumkasidan 500.000 so`m pullarini kissavurlik yo`li bilan yashirin ravishda o`g`irlab, hodisa joyidan yashiringan.

O`tkazilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 35 yoshli Marg`ubaxon E., sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan va uning yonidan chiqqan 875.000 so`m pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1