AsosiyJamiyat

Toshkent shahar hokimligi "Feel Tashkent" fototanlovini e`lon qildi

'Toshkent shahar hokimligi "Feel Tashkent" fototanlovini e`lon qildi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Feel Tashkent fototanlovini e`lon qiladi! Tanlovga taqdim etilgan eng yaxshi fotoasarlar istiqlol bayrami arafasida nashr etilishi rejalashtirilgan Toshkent tarixi va taraqqiyotiga bag`ishlangan kitobda chop etiladi.  Bu haqda shahar hokimli Matbuot xizmati xabar berdi.

"Feel Tashkent" uchun fotosuratlar olib, tanovda ishtirok etishingiz va g`olib bo`lish imkonini qo`lga kiritishingiz mumkin.  

Poytaxtning so`nggi yillardagi yangilangan ko`rinishini suratga olishingiz talab etiladi. 

Fotosuratlarni albatta #FeelTashkent2021 xeshtegi bilan yuborish kerakligi aytilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar