Aholisi 34,5 milliondan oshgan O`zbekistonda, fuqarolarining qancha qismida internetdan foylalanish imkoniyati bor va qancha odam bugungi kunning ajralmas bo`lagiga aylanib ulgurgan Telegram, Instagram, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarga kiradi?
Kanadaning Hootsuite kompaniyasi bergan hisobotga ko`ra, O`zbekistonda 18,6 million internet foydalanuvchisi bor. O`tgan 2020 yilga solishtirganda ushbu ko`rsatkich 263 mingga ( +1,4%) o`sgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni esa 4,6 millionni tashkil qilmoqda. Bu ko`rsatkich o`tgan 2020 yilga nisbatan 1,4 millionga ( +44%) ortgan.






