1

Navoiyda IIB xodimiga pora taklif qilgan mansabdor shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 06.04.2021, 20:24
Navoiyda IIB xodimiga pora taklif qilgan mansabdor shaxs qo`lga olindi

Navoiy viloyati IIB Transportda XTB profilaktika katta inspektori katta leytenant F.J.Azimov vazifasidan kelib chiqqan holda “O`zbekiston temir yo`llari” AJ "O`ztemiryo`lqurilishmontaj" UK ishchisi A.B va boshqa temir yo`l xodimlari dizel yoqilg`isini talon-toroj qilganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazayotgan edi.

“Paytavasiga qurt tushgan” mazkur korxona rahbariyatidan o`zini A.S. deb tanishtirgan fuqaro qo`l ostidagi ishchilariga nisbatan to`plangan hujjatlarni ijobiy hal qilib berish, ya`ni dizel yoqilg`isini talon-toroj qilinganligi holati yuzasidan chora ko`rmaslik evaziga dastlab taxminan 5 million pullarni pora sifatida taqdim qilmoqchi bo`lgan.

Fuqaroning qilayotgan xatti-harakatlari qonunga zid ekanligi, buning uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini aytib ogohlantirish berilishiga qaramay A.S pora taklif qilishda davom etadi.

IIV O`z xavfsizlik boshqarmasi Navoiy viloyat bo`yicha bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-tadbir davomida chora ko`rmaslik evaziga 2.980.000 so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Bir jinoyatni ikkinchi bir jinoyat bilan bekitmoqchi bo`lgan fuqaro A.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Xodimining jinoiy ishlariga to`sqinlik qilish o`rniga ayblarini pora berish orqali yopmoqchi bo`lgan A.S. endi qonun oldida javob berishga majbur.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1