Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 30 mart, seshanba kuni «Cobalt» bilan to`qnashgan «Nexia»dagi yo`lovchi halok bo`ldi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, voqea soat 17:30 atrofida Annarus qishlog`i hududidan o`tgan A-378 G`uzor–Samarqand avtomobil yo`lining 105-kilometrida sodir bo`lgan. «Cobalt» haydovchisining ta`kidlashicha, u Toshkentdan G`uzorga qarab harakatlanib ketayotgan bo`lgan. Qayd etilishicha, avtohalokatga «Nexia» haydovchisi kutilmaganda qayrilmoqchi bo`lganida qarama-qarshi tomondan kelayotgan «Cobalt» bilan o`rtadagi masofani chamalay olmagani sabab bo`lgan.
YTH oqibatida «Nexia» salonida bo`lgan yo`lovchi og`ir tan jarohati tufayli halok bo`lgan. Bundan tashqari, yana bir yo`lovchi shifoxonaga yotqizilgan.






