2020 yilning 25 noyabr kuni Rossiya Federasiyasida o`zbekistonlik X.A. avtohalokatga uchragan edi.
Umurtqa pog`onasidan og`ir jarohat olishi oqibatida shu paytga qadar hamyurtimiz 3 marta jarrohlik amaliyotini o`tkazdi.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Axborot xizmati xabariga ko`ra, ushbu yurtdoshimiz joriy yilning 2 aprel kuni Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi hamda "Uzbekistan airways" aksiyadorlik jamiyati ko`magida Moskva-Toshkent yo`nalishida O`zbekistonga qaytarildi.






