6 aprel kuni Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 14 216 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Shu kungacha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 49602 nafarga etdi.
6 aprel kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Samarqand viloyati (3437 nafar),
- Toshkent viloyati (1708 nafar),
- Andijon viloyati (1633 nafar),
- Toshkent shahri (1630 nafar),
- Namangan viloyati (1487 nafar) band qildi.
Emlash jarayonlari davom etadi.






