“Zomin” turistik-rekreasion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF–6201-son, 06.04.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.
Farmonga ko`ra, quyidagilar tashkil etildi:
- “Zomin” turistik-rekreasion zonasi;
- “Zomin” turistik-rekreasion zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi;
- Turistik zona hududida “Suffa platosi. 2 400” xalqaro umummavsumiy kurorti va “O`riklisoy” turizm majmuasi.
Turistik zona faoliyat ko`rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.
2024 yil 1 yanvarga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish uchun tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va boshqa materiallar bojxona to`lovlaridan (qo`shilgan qiymat solig`i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`imlardan tashqari) ozod etiladi.






