AsosiyJamiyat

"Kimdir maktablarga chin dildan yordam beradi, kimdir faqat xato qidirishga harakat qiladi" – Vazir

'"Kimdir maktablarga chin dildan yordam beradi, kimdir faqat xato qidirishga harakat qiladi" – Vazir'ning rasmi

Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov, maktablarga yordam berayotgan  davlat va nodavlat idoralari, tadbirkorlarga o`z minnaddorchiligini bildirib, ta`lim muassasalaridagi  kamchiliklarni aytib, o`zini ko`rsatishga harakat qilayotganlarga haqida o`zining telegaram sahifasiga yozib qoldirdi.

Vazirning ta`kidlashicha, prezidentning  hamma o`zi o`qigan maktabiga kitob sovg`a qilish kerakligi haqida tashabbusi ortidan ko`pchilik rahbarlar tomonidan nafaqat o`z maktabiga, balki umuman maktab tizimiga yordam ko`rsatish bo`yicha harakatlar boshlangan.  

"Avvallari maktab ta`miriga asosan Investisiya dasturi orqali mablag` ajratilgan bo`lsa, hozirda nafaqat ushbu dastur mablag`lari ortib bormoqda, balki hududiy hokimliklar tasarrufida qoladigan mablag`larning maktablarga ko`proq ajratishga harakat bo`lmoqda. Bu borada eng yaxshi ko`rsatkichga ega hokimlarimizga minnatdorchilik sifatida “Ta`lim homiysi” ko`krak nishoni ham berilmoqda.  

Keyingi, uchinchi manba esa, homiylar va bitiruvchilar mablag`lari bo`lib, ko`pgina bitiruvchilarimiz maktablariga borib chin dildan yordam ko`rsatdilar. Ularning bu ko`maklari uchun minnatdorchilik bildiramiz.  

Maktablardagi moddiy-texnik holat bo`yicha yig`ilib qolgan muammolarni ko`pligini bilganimiz uchun ham barchani maktabga yordam berishga safarbar qilish harakatidamiz. Lekin ba`zilar bizning ichki dardimizni yuzimizga solib, o`zini ko`rsatishga harakat qilishdan nariga o`ta olmayapti. Har qanday mansabdor shaxs, senatormi, deputatmi, vazirmi yoki boshqa rahbar agar haqiqatda Prezidentimiz chaqiriqlariga ko`ra maktabga yordam beraman desa, o`z imkoniyatidan kelib chiqib ham yordam berish yo`llarini topa oladi" – deb yozadi vazir.

Yozilishicha, ba`zi raxbarlar o`z imkoniyatlaridan kelib chiqib, byudjetdan tashqari mablag`larni ham topib, maktablarga chin dildan yordam berishga harakat qilishyapti. Hatto, bir katta idora rahbari maktablarga qo`shimcha televizorlar berish bo`yicha tashabbus ko`rsatib, OAVda yoritmaslikni aytgan. 

Adliya vaziri katta raqamlashtirish loyihasi tugaganidan keyin bo`shagan 2,5 mingdan ortiq kompyuterlarni maktablarga o`tkazishga yordam bergan. Ular o`qituvchilar xonalariga qo`shimcha kompyuter sifatida qo`yiladi.

" - Bundan tashqari, kuni kecha Shovot tumanidagi Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika va matematika maktab-internatining tubdan yangilanishiga maktab bitiruvchilari va tadbirkorlarni jalb qilib, byudjetdan tashqari mablag`lar hisobiga xavas qilishga arziydigan sharoitlar yaratishga hissasini qo`shdi.  

Maktablardagi muammolarimizni yuzimizga solish o`rniga, ularga yordam berish imkoniyatlarini topadigan shunday rahbarlar va insonlar ko`payaversin.  

Shundagina biz birgalikda “Yangi O`zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” degan Prezidentimiz g`oyalarini to`laqonli amalga oshira olamiz", deya xulosa qiladi Sherzod Shermatov.

    Boshqa yangiliklar